Sardoba tumaniga hokimlik qilib kelgan Akmal Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. O‘tkirbek Ma’murov Andijonning Marhamat tumaniga, Furqatbek Bo‘taxonov esa Buloqboshi tumaniga hokim etib tayinlandi.
Marhamat tumani hokimining «Polvontosh» mahallasi bo‘yicha sobiq yordamchisi, 38 yoshli fuqaro o‘z xonadonidagi molxonada osilgan holda topildi. Unga nisbatan tazyiq, haqorat va boshqa noqonuniy harakatlar sodir etilmagani aytilmoqda. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 72-maktabda o‘qituvchilar uzr so‘rashga majburlangani ortidan tuman hokimi o‘rinbosari Muxtor Qurbonov ishdan bo‘shatildi, hokim Bobur Yo‘ldoshevga esa hayfsan berildi. Qolaversa, maktab direktori Muqaddamxon Hasanova va tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Aliyaxon Abduvohidova lavozimlaridan ozod qilindi.
Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Andijonda uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi. U mazkur holatni «ustoz sha’nini yerga urish» deb baholab, bunga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga chora ko‘rilishini ma’lum qildi. Avvalroq, XTV uzr so‘rash tadbiri tuman hokimligi tashabbusi ekanligini tasdiqlagandi.
Andijon viloyati Marhamat tumanida o‘qituvchilar ota-onalar oldida uzr so‘rashga majbur qilingan holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi o‘rganish ishlarini yakunladi. Natijada tuman hokimligi tashabbusiga asosan tashkil etilgan mazkur tadbirga qonuniy baho berish uchun hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.
Andijon viloyatining Marhamat tumanida ota-onalardan kechirim so‘rashga majbur qilingan o‘qituvchilar yig‘ilish tafsilotlarini so‘zlab berdi. Ularning aytishicha, ota-onalar bilan uchrashuv ssenariy asosida o‘tgan, bunda ular sahnaga chiqib, o‘z fanlarini yomon o‘rgatganliklari uchun uzr so‘rashlari kerak edi. «Kerak bo‘lsa yig‘lashimizni aytishdi», — deydi pedagoglardan biri.
Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi maktab o‘qituvchilari ota-onalardan uzr so‘ragan yig‘ilish Marhamat tumani hokimining shaxsiy tashabbusi bo‘lganligini ma’lum qildi. Tuman hokimi Boburjon Yo‘ldoshev bu holatlar «o‘qituvchilarning ruhiyatiga ta’sir qilgan bo‘lsa», ulardan uzr so‘rashini aytdi.
Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi maktablardan birining direktori va o‘qituvchilari ta’lim sifati hamda bitiruvchilarning OTMlarga kirish darajasi pastligi uchun ota-onalardan kechirim so‘rashga majbur qilindi. Bu ish hokim yordamchisi va tuman XTB rahbarining tashabbusi ekani aytilmoqda. XTV holatni keskin qoraladi. Jamoatchilik faollari hodisa uchun viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov javob berishi kerakligini aytishmoqda. Tuman va viloyat hokimligi ham munosabat bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting